Korporativ biznes subyektlari loyihalarini tahlil qilish xizmati yetakchi menejeri


25.08.2026 16:43

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti Korporativ biznes subyektlari loyihalarini tahlil qilish xizmatiga Yetakchi menejer lavozimiga ishga taklif etadi.

Asosiy vazifalar

  • Korporativ mijozlarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha kredit buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish.
  • Qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini aniqlash hamda investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish.
  • Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari (TIA), biznes-rejalari va prognoz qilinayotgan pul oqimlarini tahlil qilish.
  • Loyihaning kelgusidagi pul oqimlari hisobidan asosiy qarz va foiz to‘lovlarini qaytarish imkoniyatini baholash.
  • Investitsion loyihalar bo‘yicha tegishli xulosalarni tayyorlash va Bankning kollegial organlari ko‘rib chiqishiga kiritish.
  • Bankning tegishli kollegial organlari yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda o‘tkazilgan tahlil natijalarini taqdim etish.
  • Investitsion kreditlashning dastlabki shartlariga, shu jumladan kreditni qaytarish muddatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish.
  • Bankning kreditlash sohasidagi ichki hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish.
  • Bank tomonidan tasdiqlangan kredit mahsulotlariga muvofiq kredit buyurtmanomalarini Check-list asosida ko‘rib chiqish.
  • Departament direktori va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish.
  • Amaldagi qonunchilik va Bankning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy ma’lumot; ish faoliyati xususiyatidan kelib chiqib boshqa oliy ma’lumot ham ko‘rib chiqiladi.
  • Bank tizimida kamida 2 yil ish staji.
  • Kredit va moliyaviy tahlil asoslarini bilish.
  • Investitsion loyihalarni va qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholash tamoyillarini bilish.
  • Biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslar va prognoz qilinayotgan pul oqimlarini tahlil qilish tajribasi.
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Markaziy bankning bank faoliyatiga oid normativ hujjatlarini bilish.
  • MS Excel va boshqa MS Office dasturlaridan ishonchli foydalana olish.
  • Tahliliy fikrlash, e’tiborlilik, mas’uliyatlilik va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati.
  • Tahliliy xulosalarni tayyorlash va tahlil natijalarini asosli ravishda taqdim eta olish.

Biz taklif qilamiz

  • O‘zbekistondagi yirik banklardan birida ishlash imkoniyati.
  • Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida ishtirok etish.
  • Korporativ mijozlar va yirik investitsion loyihalar bilan ishlash imkoniyati.
  • Professional va martaba rivojlanishi uchun imkoniyatlar.
  • Raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy paket.
  • Professionallar jamoasida ishlash hamda Bank uchun strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish.

Ariza topshirish tartibi

Vakansiya talablariga mos keladigan nomzodlar o‘z rezyumelarini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin:





Boshqa yangiliklar

09/15/2026 06:07:22 pm
SQB Axborot texnologiyalari departamenti Mikroservis arxitekturasi xizmati 3-mahsulot jamoasi guruhi kichik dasturchi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Dasturlash, ma’lumotlar bilan ishlash, mikroservis arxitekturasi va zamonaviy bank axborot tizimlarini rivojlantirishga ...

09/15/2026 12:33:34 pm
QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA MENEJER

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) o‘z jamoasiga Qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga xodimn ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.08.2026 16:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит