SQB Chilonzor BXM ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov e’lon qiladi
15.09.2026 05:28
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz!
Asosiy vazifalar:
-
bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha mijozlarga to‘liq va sifatli maslahat berish, yangi mahsulotlarni targ‘ib qilish;
-
mijozlarni bank mahsulotlariga jalb qilish, mobil ilovaga ulash, bank kartalarini rasmiylashtirish va omonatlarga mablag‘ jalb etish;
-
chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;
-
mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga mos bank mahsulotlarini taklif etish va kross-sotuvlarni amalga oshirish;
-
mijozlar oqimini boshqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonini muvofiqlashtirish;
-
24/7 va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonalarida mijozlarga amaliy yordam ko‘rsatish;
-
murojaatlar va kiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda tegishli bo‘linmalarga yo‘naltirish;
-
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha rahbariyatga hisobot taqdim etish.
Talablar:
-
oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
-
stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik;
-
mijozga yo‘naltirilganlik va mas’uliyatlilik.
Ish joyi: Chilonzor BXM
Rezyumeni 2026-yil 20-sentabrga qadar hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

28
Другие новости