1. Qarzdor arizasi;
2. Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish hamda kredit ta’minotini taqdim etish (qarz oluvchiga tegishli bo‘lgan hollarda) yuzasidan roziligi;
3. Yangi taqdim etilayotgan mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) umumiy yig’ilishining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
4. Yangi taqdim etilayotgan mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
5. Yangi taqdim etilayotgan mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
6. Yangi taqdim etilayotgan kafil korxona umumiy yig’ilishining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi;
7. Yangi taqdim etilayotgan kafil korxonaning Oxirgi hisobot davri uchun Balans (F1) va moliyaviy natijalar (F2) to‘g‘risidagi hisobotlari (Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasidan onlayn tarzda olingan holatlar bundan mustasno);
8. Yangi taqdim etilayotgan kafil korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
9. Yangi taqdim etilayotgan Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
10. Yangi taqdim etilayotgan Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlari bo‘yicha oxirgi 12 oylik aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).
11. Ta’minot tarkibidagi barcha mulklarning bugungi kundagi holatining xizmat xodimi ishtirokidagi rasmlari.
12. Kredit yig‘ma jildidagi huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar Yuridik departamenti
Kredit xujjatlari bilan ishlash xizmati tomonidan ko‘rib chiqiladi va xulosa taqdim etiladi (Korporativ markaz/O‘rta biznes bank xizmatlar markazi mijozlarining kredit qarzdorligini boshqa shaxsga o‘tkazish masalasi ushbu Markazlarning yuriskonsultlari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda xulosa taqdim etiladi).
Yuqorida ko‘rsatilgan standart hujjatlar to‘plamidan tashqari mijozdan dastlabki o‘zgartirish turidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin