KICHIK BIZNES krediti

Choose deposit

KICHIK BIZNES krediti

biznesning joriy ehtiyojlarini moliyalashtirish: maqsadsiz kredit, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalarni xarid qilish. (Andijon viloyati kesimida to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel yo‘nalishlaridagi import uskunalarini mahalliylashtirish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga)

KICHIK BIZNES krediti
Step icon

5 mlrd so‘mgacha ekvivalentda

Kredit miqdori

Step icon

60 oygacha

Kredit muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS, USD, EUR va boshqalar

Kredit valyutasi

Step icon

Bank stavkalari asosida

Kredit stavkasi

Step icon

Mikro va kichik biznes

Mijoz

Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Usefull to know
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar

Kreditning maqsadi:

  • Maqsadsiz kredit
  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish
  • Asosiy vositalarni sotib olish
  • Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar sotib olish
  • To‘qimachilik, charm-poyabzal va mebel yo‘nalishlarida import uskunalarini mahalliylashtirish uchun asbob-uskunalar sotib olish

Maqsadsiz kredit kreditlar, foizlar va komissiyalarni so‘ndirish, uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va uni qaytarish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, veksel to‘lovlarini amalga oshirish, yuridik shaxslarning ulushlarini sotib olish, mablag‘larni ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish, moliyaviy yordamni qaytarish hamda kafolatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun taqdim etilmaydi.

Valyuta:

  • Milliy valyuta (UZS)
  • Xorijiy valyuta (USD, EUR va boshqalar)

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga kreditlar faqat UZSda ajratiladi.

Kredit miqdori:

  • 50 mln so‘mdan (ekvivalentda) 5 mlrd so‘mgacha (ekvivalentda)

Kredit muddati:

  • Maqsadsiz kredit — 60 oygacha
  • Aylanma mablag‘lar — 18 oygacha
  • Asosiy vositalar — 60 oygacha

Imtiyozli davr:

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

  • Maqsadsiz kredit — 6 oygacha
  • Aylanma mablag‘lar — 3 oygacha
  • Asosiy vositalar — 6 oygacha

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.

Foiz stavkasi

  • UZSda (bankning o‘z mablag‘lari hisobidan) — Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10% dan kam bo‘lmagan miqdorda.
  • Xorijiy valyutada va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — bankning amaldagi stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.
  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan UZSda ajratilgan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda foiz stavkasi mutanosib ravishda oshiriladi, pasaytirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoldiriladi.

So‘ndirish tartibi

  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng har oyda, foizlar har oyda (annuitet yoki differensial usulda).
  • Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.
Files
Shartnoma

Shartnoma

Download
DOWNLOAD
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Faoliyat muddati — ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida 6 oy.

  • So‘nggi 6 oy davomida hisobvaraqda tushumlar mavjud bo‘lishi (kamida 3 oyda).

  • Kredit yuklamasi — 100%dan yuqori bo‘lmasligi (navbatdagi garov ostida ajratilganda — 50%dan yuqori emas).

  • Barcha banklarda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud emasligi.

  • 2-sonli kartoteka mavjud emasligi.

  • KATM minimal skoring bali — kamida 200.

  • “Qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalardagi amaldagi kreditlar mavjud emasligi.

  • So‘nggi 12 oyda:

    • 61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p emas (so‘nggi 6 oyda mavjud emas);

    • 90 kundan ortiq kechikish — mavjud emas.

  • So‘nggi 12 oyda restrukturizatsiyalar soni — 1 tadan ko‘p emas.

  • Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi doirasida undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik mavjud emasligi:
    — qarz oluvchida;
    — qarz oluvchi ta’sischilari ta’sischi bo‘lgan korxonalarda (ta’sischilar davlat boshqaruvi organlari yoki byudjet tashkilotlari bo‘lgan holatlar bundan mustasno);
    — qarz oluvchi korxona ta’sischilarida (ta’sischilar davlat boshqaruvi organlari yoki byudjet tashkilotlari bo‘lgan holatlar bundan mustasno).


  • Kerakli hujjatlar

    1. Kredit olish uchun ariza.
    2. Qarz oluvchi ta’sischilarining kredit olish va mulkni garovga qo‘yish yuzasidan roziligi (zarur hollarda).

    3. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

    4. 2-sonli kartoteka holati to‘g‘risida ma’lumot (asosiy hisobvaraq boshqa bankda bo‘lsa).

    5. Ko‘chmas mulk garovi bo‘lsa — kadastr hujjatlari va ijara shartnomasi (zarur hollarda).

    6. Avtotransport garovi bo‘lsa — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

    7. Garovga qo‘yuvchi tomonidan mulkni garovga berish va suddan tashqari tartibda undiruvga qaratish yuzasidan rozilik.

    8. Uchinchi yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchining ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).

    9. Garovga qo‘yuvchilar hamda uchinchi yuridik shaxs rahbari/bosh buxgalterining pasport nusxalari (zarur hollarda).

    10. Faoliyat joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda).

    11. Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (so‘nggi 6 oyda qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘lsa).

    12. Loyiha xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.


    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Manage your own business from the comfort of your home

    Read more
    Deposits
    Deposits

    Open high yielding deposits for extra profits

    Read more
    Cross-border transfers
    Cross-border transfers

    Transfer money quickly and securely around the world

    Read more
    Business cards
    Business cards

    A convenient way to pay for all your business expenses

    Read more
     Salary project
    Salary project

    Credit salaries to your employees' cards, minimising risk

    Read more
    Merchant acquiring
    Merchant acquiring

    Expand the pool of potential customers for business development

    Read more
    Business loans
    Business loans

    Attractive loan products for business creation and development

    Read more

    Last updated date: 18.05.2026 12:36
    up
    logo
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    DEMO
    AI (SQB Assistant) -
    в тестовом режиме
    close
    Здравствуйте!
    Чем могу помочь?
    headphone
    close
    headphone
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит