Onlayn ariza to‘ldiring va hoziroq SQB Mobile ilovasida bank qarorini bilib oling. Ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga faqat pasport va bank kartasi ma‘lumotlari kerak bo‘ladi.
oxirgi 6 oy davomida tasdiqlangan daromadga ega bo‘lishi;
barcha kredit majburiyatlari bo‘yicha qarz yuklamasi o‘rtacha oylik daromadning 50 % idan oshmasligi;
rasmiylashtirish SQB Mobile mobil ilovasi orqali masofadan amalga oshiriladi.
SQB Mobile mobil ilovasi orqali kredit onlayn rasmiylashtirilganda hujjatlar talab qilinmaydi
Savollarga javoblar
- Kredit rasmiylashtirish uchun quyidagilarni bajaring:
SQB Mobile mobil ilovasini yuklab oling va o‘rnating;
Ro‘yxatdan o‘ting hamda shaxsingizni identifikatsiyadan o‘tkazing;
Mavjud kredit mahsulotini tanlang;
Kreditlash shartlari bilan tanishing va arizani to‘ldiring;
Arizani ko‘rib chiqish uchun yuboring.
Qaror qabul qilingandan so‘ng bank sizni natija haqida ilova orqali xabardor qiladi.
- Ha, chunki mikroqarz pullari ushbu kartaga o‘tkaziladi. Siz HUMO yoki UZCARD kartasini bankning istalgan bo‘limida ochishingiz yoki SQB Mobile ilovasi orqali virtual kartani rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Ariza rasmiylashtirilayotganda muntazam foydalanadigan bank kartangizni ko‘rsating. Arizani baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar bank tomonidan amaldagi tartibda mavjud axborot manbalaridan olinadi.
- Mikroqarz miqdori ish haqi kartangizning skoringi asosida aniqlanadi va 100 million so‘mdan oshmaydi.
- Rasmiy ish bilan ta‘minlangan bo‘lish zaruriy shartdir. Shuning uchun, yo‘q, mumkin emas.
- SQB Mobileda kredit olish uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi. So‘nggi 6 oy ichida ish haqi kartasi va rasmiy ish bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.
- Yo‘q. Arizani tasdiqlash uchun so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromad talab qilinadi.
- Verifikatsiya — bu mijozning shaxsiy ma’lumotlari va shaxsini qonunchilik hamda bankning ichki tartib-taomillarida nazarda tutilgan usullar orqali tasdiqlash jarayonidir.
- Bu savolga bir ma’noli javob berish qiyin. Ehtimol, siz kredit olish uchun belgilangan bir yoki bir nechta majburiy talablarga mos kelmagansiz.
Mumkin bo‘lgan sabablar:
oxirgi 6 oy davomida barqaror daromad mavjud emasligi;
past kredit reytingi;
arizada to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgani;
yosh yoki fuqarolik bo‘yicha talablarga mos kelmaslik;
yuqori kredit yuklamasi.
- Ariza ma’qullanib, barcha zarur shartlar bajarilgandan so‘ng mablag‘lar, odatda, bir necha daqiqa ichida kartaga o‘tkaziladi. Ayrim hollarda mablag‘larni o‘tkazish muddati operatsiyalarni qayta ishlashning texnologik jarayonlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.