Hurmatli mijozlar!
“О‘zsanoatqurilishbank” ATBda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, ishbilarmonlik odobi me’yorlariga rioya etish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida Bank xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi masalalari bo‘yicha navbatdagi o‘quv-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Trening yakunida ishtirokchilar o‘zlashtirilgan bilim darajasini baholash maqsadida onlayn test sinovidan o‘tdilar.
Agar siz Bank xodimlarining qonunga xilof xatti-harakatlariga duch kelgan bo‘lsangiz yoki korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq ehtimoliy holatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: 0-800-120-8888
Telegram-bot: @sqbantikor_bot
Bankning rasmiy veb-sayti: sqb.uz/uz/compliance-hotline/
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining koll-markazi: 1253
Muhim! Har bir murojaat qonunchilik talablariga muvofiq maxfiylik ta’minlangan holda ko‘rib chiqiladi.
Hurmatli mijozlar! Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan SQB aloqa markazi faoliyatida vaqt ...
Hurmatli mijozlar! Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va aholiga qo‘shimch ...
Hurmatli mijozlar! O'zsanoatqurilishbankning mobil xizmatlari xavfsizligi va foydalanuvchilar ma’lum ...

