Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida qonunbuzilish holati aniqlandi.
Xususan, Uchtepa BXM mijozlar menejerlari tomonidan ipoteka kreditlarini ajratish jarayonida haqiqiy manzilga mos kelmaydigan uyning fotosuratlari ichki dasturiga biriktirilgani hamda kredit mablag‘lari noqonuniy ravishda ajratilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, xodimlar A.B. va M.A. bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi.
To‘plangan materiallar huquqiy baho berish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborildi.
Fuqarolar va mijozlardan korrupsiyaviy holatlar yoki boshqa qonunbuzilishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda, bankning korrupsiyaga qarshi kurashishga mo‘ljallangan ishonch liniyalariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Fuqaro murojaatiga asosan Bosh bank xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o’tkazilganida quyidagi holatl ...
Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan bank xizmatlarini ko‘rsatishda qonunbuzilish ...
Aniqlanishicha, Sirdaryo viloyati BXO mijoz menejerlar guruhi tarkibida faoliyat olib boruvchi 3 nafar ...

