Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamenti “Kichik menejer” lavozimiga mas’uliyatli, e’tiborli va tahliliy fikrlaydigan nomzodlarni taklif etadi.
05.06.2026 17:07
Asosiy vazifalar
bank bo‘linmalariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish;
strategik reja va rivojlantirish dasturlarining bajarilishini monitoring qilish;
asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini shakllantirishda ishtirok etish;
ijro intizomi bo‘yicha hisobot va ma’lumotnomalarni tayyorlash;
tarkibiy bo‘linmalardan kelib tushgan ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahlil qilish;
rahbariyat topshiriqlarining bajarilish holatini nazorat qilish;
aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha takliflar tayyorlashda ko‘maklashish;
taqdimotlar va tahliliy materiallarni shakllantirish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
iqtisodiyot, moliya, menejment, biznes boshqaruvi yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish ko‘nikmasi;
Microsoft Excel, Word va PowerPoint dasturlaridan foydalana olish;
hisobotlar va rasmiy hujjatlarni tayyorlash qobiliyati;
o‘zbek va rus tillarini bilish;
tahliliy fikrlash, e’tiborlilik va yuqori mas’uliyat;
topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish qobiliyati;
bank yoki ijro nazorati sohasidagi tajriba afzallik hisoblanadi.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
bankning strategik rivojlantirish jarayonlarida ishtirok etish;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni
hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamenti — Kichik menejer” deb ko‘rsating.

78