Korporativ markaz Loyihalarni maqsadli ishlatilishini tekshirish, monitoring qilish hamda reytinglarni boshqarish xizmati “Kichik menejer” lavozimiga mas’uliyatli, tahliliy fikrlaydigan va bank loyihalari bilan ishlashga qiziqadigan nomzodlarni taklif eta
11.06.2026 16:57
Asosiy vazifalar
moliyalashtirilgan loyihalarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish;
loyihalar bo‘yicha joyiga chiqqan holda tekshiruvlarda ishtirok etish;
monitoring natijalari bo‘yicha xulosa va hisobotlar tayyorlash;
loyiha risklari va moliyaviy holatini tahlil qilish;
reyting ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoring qilish;
aniqlangan kamchiliklar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikda monitoring jarayonlarini muvofiqlashtirish;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari va nazorat talablariga rioya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
bank tizimi, kreditlash yoki monitoring yo‘nalishida ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
moliyaviy tahlil va hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
Microsoft Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
tahliliy fikrlash, e’tiborlilik va yuqori mas’uliyat.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni
hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Loyihalarni maqsadli ishlatilishini tekshirish, monitoring qilish hamda reytinglarni boshqarish xizmati — Kichik menejer” deb ko‘rsating.

70