Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti “Yetakchi menejer” lavozimiga tajribali, mas’uliyatli va muzokara olib borish ko‘nikmasiga ega nomzodlarni taklif etadi.
11.06.2026 17:08
Asosiy vazifalar
xalqaro va mahalliy moliya institutlari hamda investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
investitsiya va moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish;
kredit liniyalari, grantlar va investitsiya loyihalari bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish;
hamkorlik shartnomalari va loyiha hujjatlarini tayyorlash;
moliya institutlari talablariga muvofiq hisobot va taqdimotlarni shakllantirish;
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish;
bankning tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;
rahbariyat uchun tahliliy ma’lumotlar va takliflar tayyorlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
moliya, iqtisodiyot, bank ishi, xalqaro munosabatlar yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
bank, investitsiya, xalqaro moliya yoki korporativ moliya sohasida ish tajribasi;
moliyaviy tahlil va investitsiya loyihalarini baholash ko‘nikmasi;
shartnomalar va loyiha hujjatlari bilan ishlash tajribasi;
Microsoft Excel va PowerPoint dasturlarida erkin ishlash;
o‘zbek va rus tillarini bilish;
ingliz tilini yaxshi bilish;
muzokara olib borish, tahliliy fikrlash va yuqori mas’uliyat.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan ishlash tajribasi;
bankning yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etish;
professional jamoada ishlash;
kasbiy rivojlanish va karyera o‘sishi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni
hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti — Yetakchi menejer” deb ko‘rsating.

68