Tadbirkorlik rivoji uchun manzilli yechimlar muhokama qilindi


12.06.2026 15:45

Tadbirkorlik rivoji uchun manzilli yechimlar muhokama qilindi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida joylarda biznes vakillari bilan bevosita uchrashuvlar davom etmoqda. Ana shunday muloqotlardan biri Navoiy viloyatining Karmana tumanida tashkil etilib, unda O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy e’tibori tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan moliyaviy va tashkiliy masalalarni muhokama qilish, ularni hal etishning amaliy mexanizmlarini belgilashga qaratildi.

Muloqot davomida qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezayotganini bildirdi. Bank mutaxassislari tomonidan kreditlash tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar ham muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, issiqxona xo‘jaliklari vakillari ichki bozorda mahsulot narxlarining pasayishi natijasida moliyaviy yuk ortib borayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan kredit to‘lovlari grafiklarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi. Bank mutaxassislari tomonidan bunday murojaatlarni amaldagi tartiblar asosida ko‘rib chiqish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda ayrim korxonalar faoliyatini barqaror davom ettirish uchun kredit muddatlarini uzaytirish masalasi ham ko‘tarildi. Mazkur murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlarga zarur tavsiyalar berilib, hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng masalalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi qayd etildi.

Muloqot yakunida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan barcha taklif va murojaatlar mas’ullar nazoratiga olinib, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, joylardagi mavjud muammolarni bevosita o‘rganish hamda ularni hal etishning samarali mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Natijada biznes vakillarining taklif va tashabbuslari amaliy qarorlar qabul qilish jarayonida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.





06/15/2026 03:32:46 pm
Tadbirkor muammosi joyida hal etilmoqda

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yana-da yaxshilash va biznes v ...

06/15/2026 11:44:39 am
Samarqandda tadbirkorlik rivojiga xizmat qilayotgan loyihalar

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va aholi bandligini ta’minl ...

05/14/2026 03:50:36 pm
Navoiyda tadbirkorlik rivoji: Oʻzsanoatqurilishbankning salmoqli hissasi

Bugungi kunda Navoiy viloyatida 18 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Viloyat iqtisodiyotini ...


Last updated date: 15.06.2026 15:46  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит