Davlat dasturlari ijrosi

Tomorqa – daromad manbai, ozuqa – eksport poydevori: SQB’ning agrosanoatdagi tashabbusi


24.06.2025 12:09

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Beruniy-agro star” hamda Andijon viloyatidagi “Asaka agro star” kabi qishloq xo‘jaligi majmualari faoliyatini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yurtimizda agrosanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda O‘zsanoatqurilishbankning faol ishtiroki alohida e’tiborga molik.

Joriy yilning mart oyida Andijon viloyatining Asaka tumanida tashkil etilgan “Asaka agro star” mas’uliyati cheklangan jamiyati bankning ushbu sohadagi faoliyati yaqqol namunasi hisoblanadi. Mazkur loyiha doirasida sabzavot ko‘chatlari yetishtirish yo‘nalishiga ixtisoslashuv belgilangan bo‘lib, u mahalliy aholining bandligi va daromad manbaini oshirishga qaratilgan.

Zamonaviy agrokompleks – hudud rivojiga turtki

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan jamiyat faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Fayziobod” mahallasidagi “Zamonaviy agrokompleks majmuasi” qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, tuman hokimligi balansida bo‘lgan 800 gektar o‘zlashtirilmagan yerlarni iqtisodiy aylanmaga kiritish masalalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Loyiha doirasida tuman hokimligi binosida sabzavot ko‘chatlari yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Bu esa sohadagi muammolarni o‘rganish va joyida hal etish imkonini berdi.

Ma’lumki, davlat rahbari ko‘rsatmalariga muvofiq, “Asaka agro star” sabzavot ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashgan holda, o‘quv-amaliy markaz sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Dastlabki bosqichda 50 nafar fuqaro maxsus tomorqachilik maktabiga jalb qilindi. Mazkur jarayonda xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratilayotgani muhim ahamiyatga ega.

Tadbirkor tomonidan ishtirokchilarga ko‘chatlar tarqatilib, yetishtirish va bozorga chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda ko‘mak beriladi. Yetishtirilgan mahsulotlar tadbirkorning o‘zi tomonidan sotib olinib, eksportga yo‘naltiriladi.

Chorva ozuqasi importidan – eksport salohiyatigacha

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tashrifi doirasida yana bir muhim loyiha – “Beruniy-agro star” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan silos va granulalangan yem ishlab chiqarish zavodi qurilishi bilan ham tanishildi.

Qiymati 6 mln AQSH dollari bo‘lgan mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Nukus” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilmoqda. Zavod qurilishi uchun A-380 avtomagistrali bo‘yidagi 3 gektar yer maydoni ajratilgan.

Loyiha mahalliy chorvachilik tarmog‘ini strategik mahsulot – ozuqa bilan ta’minlash, importini qisqartirish hamda eksportbop granulalangan omuxta yem ishlab chiqarishga qaratilgan. Bu esa nafaqat ichki bozordagi barqarorlikni ta’minlaydi, balki tashqi bozorlarda ham raqobatbardosh mahsulotlar bilan ishtirok etish imkonini yaratadi.

Qayd etish joizki, agrar sohada amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadini oshirishga qaratilgan islohotlarning amaldagi samarasi hisoblanadi.

Bu borada O‘zsanoatqurilishbank sa’y-harakatlari uning barqaror iqtisodiy o‘sishga intilishi bilan bir qatorda ijtimoiy mas’uliyatga bo‘lgan yondashuvini ham aks ettiradi.

Bank axborot xizmati




06/09/2025 02:47:21 pm
Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy sanoat va tadbirkorlni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

Hurmatli tadbirkorlar! Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy sanoatim ...

05/16/2025 12:56:53 pm
Energiya samaradorligi – iqtisodiy yuksalish garovi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiyotning o‘sishiga, balki uning barqaror va samara ...

05/15/2025 12:26:54 pm
Bank ko‘magidagi rivoj odimlari

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta’ ...


Last updated date: 24.06.2025 12:10  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo