SQB Farg'ona BXO Kichik biznes menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
01.07.2026 15:49
Agar siz bank sohasida faoliyat boshlashni, mijozlar bilan ishlashni va biznes mijozlari uchun zamonaviy moliyaviy yechimlarni taklif etishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mikro va kichik biznes segmentidagi yangi mijozlarni jalb qilish. • Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish. • Kredit, depozit va hisob-kitob-kassa xizmatlarini sotish. • Belgilangan KPI va reja ko‘rsatkichlarini bajarish. • Amaldagi mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va mijozlar bazasini rivojlantirish. • Bank mahsulotlari bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish. • Kredit arizalari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish va tekshirish. • Mijozlar ma’lumotlarini bank axborot tizimlarida yuritish. • Bank standartlariga muvofiq yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash. • Bankning tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish va hisobotlar tayyorlash.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya yoki boshqa yo‘nalishlar). • Bank sohasida ish tajribasi afzallik hisoblanadi. • Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish. • Faol savdo va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari. • Kompyuterdan erkin foydalanish. • Savodli og‘zaki va yozma nutq. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, kommunikativlik va mijozlarga yo‘naltirilganlik. • O‘rganishga va kasbiy rivojlanishga tayyorlik.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 05.07ga qadar yuborishingiz mumkin.

100