SQB Olmazor bank xizmatlari markaziga ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
17.07.2026 17:22
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mijozlarga Bank xizmatlari va mahsulotlari bo‘yicha to‘liq va sifatli ma’lumot berish.
• Mijoz oqimini boshqarish va yo‘naltirish.
• Turli murojaatlar hamda qog‘oz ko‘rinishidagi xatlarni qabul qilish va tegishli bo‘linmalarga yo‘naltirish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish zonalarida tartib va tozalikni ta’minlash.
• Mikro va kichik biznes hamda chakana biznes mijozlariga dastlabki ma’lumot berish, xizmat ko‘rsatish tartibini tushuntirish va Bank mahsulotlarini taklif etish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga amal qilish.
• Mijozlarni amalda foydalanilayotgan va yangi Bank mahsulotlari hamda xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish.
• 24/7 zonasida mijozlarga yordam berish va Bank mahsulotlaridan foydalanish tartibini tushuntirish.
• O‘zining ish yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda test sinovlaridan o‘tish.
• Ish faoliyatida ijro va mehnat intizomini ta’minlash, ichki mehnat va odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Talablar:
• O‘rta maxsus ma’lumot.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
• Mijozlarni kutib olish, ehtiyojlarini aniqlash va ularga maslahat berish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 20.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

27