• Main
  • Press-center
  • SQB Samarqand bank xizmatlari ofisiga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi t

SQB Samarqand bank xizmatlari ofisiga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


23.07.2026 14:31

Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtirok etishga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni faollashtirish va ularning ehtiyojlarini aniqlash.
• Hisob-raqamlar, kreditlar, depozitlar, masofaviy bank xizmatlari va korporativ kartalarni taklif qilish hamda sotish.
• Kichik va o‘rta biznes loyihalarini tahlil qilish va mijozlarning kredit layoqatini baholash.
• Kredit hujjatlari yig‘ma jildini shakllantirish hamda kredit ajratish jarayonini muvofiqlashtirish.
• Mijoz hujjatlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish.
• Mijozlar ma’lumotlarini bank axborot tizimlariga kiritish va yangilab borish.
• Yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ta’minlash hamda xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Markaziy bank talablari va AML/CFT qoidalariga muvofiq mijozlarni identifikatsiyalash hamda ichki me’yoriy hujjatlarga rioya qilish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
• Kreditlash jarayonlari va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 27.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



07/23/2026 01:06:35 pm
SQB Sun’iy intellekt departamentining AI-servislar xizmati Modellar va vositalarni tadqiq qilish guruhi yetakchi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Sun’iy intellekt, Machine Learning va Deep Learning yo‘nalishlarida tajribaga ega bo‘lsangiz hamda innovatsion ye ...

07/23/2026 10:56:32 am
Garov markazi Baholash xizmati yetakchi menejeri

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Garov markazi jamoasiga Baholash xizmati yetakchi menejeri lavozimiga malakali mutaxassisni ...

07/22/2026 01:58:11 pm
SQB tarmoqlarga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Ish joyi: Jizzax BXO Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqc ...


Last updated date: 23.07.2026 14:32  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит