• Main
  • Press-center
  • Oʻzsanoatqurilishbank Fargʻonada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Oʻzsanoatqurilishbank Fargʻonada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi


22.06.2026 16:18

Oʻzsanoatqurilishbank Fargʻonada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi ana shunday ochiq muloqotlar Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumani hamda Qoʻqon shahrida oʻtkazildi. Unda bankning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy jihatdan ragʻbatlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, bank tizimidagi islohotlar, yangi kredit mahsulotlari va moliyaviy xizmatlar taqdim etildi.

Qoʻshtepa tumanida oʻtkazilgan qabulda 48 nafar, Qoʻqon shahridagi ochiq muloqotda esa 44 nafar tadbirkor oʻz murojaatlari bilan ishtirok etdi. Murojaatlarning asosiy qismi aylanma mablagʻlarni toʻldirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, chorvachilik va parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida uy-joy xarid qilish uchun kredit ajratish masalalariga oid boʻldi.

Jumladan, Qoʻshtepa tumanidagi “Dilhush Trans Farm” MChJ dorixona faoliyatini kengaytirish, “Servis Sardor Stainless Steel” MChJ esa ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan murojaat qildi. Qoʻqon shahrida bir qator yakka tartibdagi tadbirkorlar “Mahalla” kredit mahsuloti orqali oʻz biznesini kengaytirish boʻyicha taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Har bir murojaat yuzasidan amaldagi tartib va mexanizmlar boʻyicha tushuntirishlar berildi, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Taʼkidlanganidek, tadbirkorlar murojaatlarini joyida oʻrganish va ularning yechimiga koʻmaklashish maqsadida bunday ochiq muloqotlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.








07/17/2026 05:49:46 pm
O‘zsanoatqurilishbank “Euromoney” xalqaro nashrining uchta nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi

Joriy yilning 16-iyul kuni London shahrida bo‘lib o‘tgan “Euromoney Awards for Excellence 2026” xalq ...

07/15/2026 09:20:20 am
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlardan birida kredit qarzdorligi yuzasidan murojaat e’lon qilgan fuqaro S.A.ning chiqishi yuzasidan quyid ...

07/06/2026 03:20:28 pm
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida muhim o‘zgarishlar

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida yangi tartib joriy etiladi. Unga ko‘ra, kas ...


Last updated date: 22.06.2026 16:19  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит