O‘zsanoatqurilishbank rasmiy bayonoti
13.07.2025 19:22
Joriy yilning 12 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zingni reklama qilishdan avval qarzingni to‘lab qo‘y” sarlavhasi ostida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatiga doir xabar tarqaldi. Shu munosabat bilan, bank mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabatini bildirishni zarur deb hisoblaydi.
Majburiy ijro byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 335 million so‘mlik qarz miqdori turli sud qarorlari asosida qo‘zg‘atilgan bir necha ijro ishining umumiy yig‘indisidir.
Shundan 193,9 mln so‘mlik qarzdorlik bo‘yicha sud qarorlari ustidan apellyasiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari berilgan bo‘lib, sudning yuqori turuvchi xayati ajrimlariga muvofiq ijro jarayonlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Qolgan 141,1 mln so‘m miqdoridagi ijro hujjatlari bo‘yicha esa ixtiyoriy to‘lov uchun belgilangan muddat hali yakunlanmagan.
Bu ma’lumotlar
mib.uz elektron bazasida rasmiy va ochiq shaklda qayd etilgan.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali bank mahsulotlarini keng targ‘ib etish uchun e’lon qilingan tanlov rejali va qonun doirasidagi ochiq tender bo‘lib, bozor tamoyillari asosidagi marketing va reklama kampaniyalariga bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

1028