• Main
  • Press-center
  • «SURXONSEMENTINVEST»da ishlab chiqarish jarayoni innovatsion tashkil etilgan

«SURXONSEMENTINVEST»da ishlab chiqarish jarayoni innovatsion tashkil etilgan


19.04.2023 16:12

«SURXONSEMENTINVEST»da ishlab chiqarish jarayoni innovatsion tashkil etilgan

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Surxondaryo viloyati Jarqoʻgʻon tumanidagi «SURXONSEMENTINVEST» korxonasiga press-tur tashkil etildi.

Press-tur avvalida mutasaddilar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun korxona faoliyatiga oid taqdimot oʻtkazdi. Unda zavod quvvati, ishlab chiqarish jarayoni hamda mahsulotlar turi va sifati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, korxona 2019-yil davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida foydalanishga topshirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 60 mln. dollarni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 360 ming tonnaga teng. Korxonaga Rossiya, Avstriya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar oʻrnatilgan. Hozirda u yerda M-450, M-500 markadagi sement turlari ishlab chiqariladi, 400dan ziyod surxondaryolik yigit-qizlar ish bilan band.

Eʼtiborlisi, korxonada ishlab chiqarish faoliyati toʻliq koʻmirda amalga oshiriladi. Bunda foydalaniladigan koʻmirning 6 foizi mahalliy, qolgan 94 foizi qoʻshni davlatlar hisobiga toʻgʻri keladi.

Yana bir maʼlumot, zavodda ishlab chiqarish jarayonining ekologiyaga taʼsirini kamaytirish maqsadida zamonaviy filtrlar oʻrnatilgan.

Korxona mahsulotlari nafaqat bino va inshootlar qurishda, balki neft-gaz, suv xoʻjaligi sohalarida ham keng foydalanilmoqda.

Press-tur davomida jurnalistlar sement xom ashyosi, koʻmirda ishlovchi uskunalar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishdi, ishlab chiqarish va qadoqlash jarayonlari, ishchi-xizmatlarchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Korxona laboratoriyasida mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi.

Bank Axborot xizmati





06/04/2026 10:21:05 am
Nukusda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlanga ...

06/04/2026 10:11:57 am
Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag’ishlangan ochiq muloqot bo’lib o’tdi

Toshkentda O’zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan qurilish materiallari sanoati vakillari ishtirokida keng ko’lamli ochi ...

06/04/2026 10:08:37 am
Iqtisodiy yuksalish sari muhim qadam: Farg‘onada bank va biznes vakillarining ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini sog‘lomlashtirish va biznes vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatla ...


Last updated date: 27.04.2023 09:20  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит