
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, biznes vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlari izchil amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati Buxorolik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy yechim topgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan murojaatlar masʼullar ishtirokida nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning bank xizmatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hamda hududlarda yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qiladigan istiqbolli tashabbuslarni roʻyobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Sirdaryo BXO rahbariyati tashabbusi bilan Guliston shahrida faol va tashabbuskor ...
SQB Bank foydalanayotgan elektr energiyasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinganini tasdiqlovchi xalqaro I ...

