• Main
  • Press-center
  • SQB va Huawei sun’iy intellekt sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi

SQB va Huawei sun’iy intellekt sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi


27.07.2026 18:32

SQB va Huawei sun’iy intellekt sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) hamda Huawei kompaniyasi sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va bank infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat innovatsion yechimlarni joriy etish va raqamli transformatsiyani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.  

image-27-07-26-06-22-3.jpeg

Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat va moliya xizmatlarini raqamlashtirish hamda AI texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik ana shu vazifalar ijrosiga xizmat qiladi.  

image-27-07-26-06-22-2.jpeg

Memorandum doirasida:

  • intellektual bank yechimlarini ishlab chiqish;
  • yuqori samarali hisoblash infratuzilmasini rivojlantirish;
  • bank jarayonlari samaradorligini oshirish;
  • AI asosidagi yangi raqamli xizmatlarni joriy etish;
  • xalqaro tajriba va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Huawei Uzbekistan” direktori Tan Sayosyanning ta’kidlashicha, SQB raqamli rivojlanish, mijozlar tajribasini yaxshilash va intellektual yechimlarni keng qo‘llash bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Bu esa Huawei’ning AI texnologiyalari orqali yangi qiymat yaratish strategiyasiga to‘liq mos keladi.

SQB Sun’iy intellekt bo‘yicha bosh direktori Sergey Kozlovga ko‘ra, mazkur kelishuv bankka ilg‘or texnologiyalar va xalqaro ekspert bilimlarini jalb qilish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda yangi intellektual mahsulotlarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.



07/27/2026 03:43:26 pm
SQB bilan mahallalarda o‘zgarishlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektordagi topshirig‘i asosida ma ...

07/27/2026 11:17:47 am
“Sustainable Fitch” SQBning ESG reytingini yuqori pog‘onaga ko‘tardi

Xalqaro “Sustainable Fitch” agentligi O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning korporativ ESG reytingini “3” darajadan “2” ...

07/27/2026 11:15:49 am
Jizzaxda tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tomonidan Jizzax viloyati bank xizmatlari ofisida tadbirkorlar bilan uchra ...


Last updated date: 27.07.2026 18:48  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит