All Credits
O‘zsanoatqurilishbankning Samarqand viloyatidagi xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida “Milliy liboslar chellenji” o‘tkazildi.
Poytaxtimizda barcha korxona, muassasa va tashkilotlarda keng targ‘ib qilinayotgan “Milliy liboslar kuni” hududlarda ham ommalashib bormoqda.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlarini asrab-avvaylash, milliy liboslar va milliylikning mavqeini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir bank xodimlarini ham e’tiborsiz qoldirmadi.
Bugungi kunda bankning hududiy tarmoqlarida ushbu chellenj keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.
Samarqand shahridagi Amir Temur nomli bank xizmatlari markazida ham tadbir o‘zining yuqori darajada o‘tkazilishi bilan ko‘zga tashlandi.
Aytish joizki, milliy liboslar chellenji nafaqat bank jamoasi, balki aholi uchun ham milliy madaniyat va qadriyatlarning ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, xorijlik sayyohlarga milliy merosimizni tanitish, unga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana-da kuchaytirishga zamin yaratadi.
Bank axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank tizimida haftaning har jumasi “Milliy liboslar kuni” etib belgilandi. ...
O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan o‘tkaz ...
Joriy yilning 9-10-noyabr kunlari Toshkent viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi tomonidan sportning 4 ta turi boʻyicha ...