Amaliyot boshqarmasi Ichki xavfsizlik guruhi menejeri
02.06.2026 18:05 Asosiy vazifalar:
• Bank obyektlarining ichki va jismoniy xavfsizligini ta’minlash;
• Kirib-chiqish va ichki rejimga rioya etilishini nazorat qilish;
• Videokuzatuv, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash va SKUD tizimlari faoliyatini nazorat qilish;
• Firibgarlik, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni amalga oshirish;
• Xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish;
• Bankning moddiy boyliklari va mulkini muhofaza qilish;
• Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Milliy gvardiya bilan hamkorlik qilish;
• Bank obyektlarining antiterror himoyalanganligini ta’minlash;
• Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
• Xodimlar bilan xavfsizlik masalalari yuzasidan tushuntirish va o‘quv ishlari olib borish;
• Bank, tijorat va xizmat sirlarini muhofaza qilish talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
• Muhr va shtamplar hisobini yuritish hamda ularning saqlanishini nazorat qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot;
• Xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish organlari yoki bank tizimida ish tajribasi afzallik beradi;
• Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni bilish;
• Videokuzatuv, kirishni nazorat qilish va qo‘riqlash tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
• Kompyuter savodxonligi;
• Mas’uliyatlilik, intizomlilik, diqqatlilik va stressga chidamlilik.
Taklif etamiz:
• Respublikadagi yirik banklardan birida ishlash imkoniyati;
• Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
• Raqobatbardosh ish haqi;
• Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyati;
• Korporativ trening va rivojlanish dasturlari;
• Zamonaviy ish muhiti va ijtimoiy kafolatlar.

27