SQB Axborot texnologiyalari departamentiga Oracle PL/SQL dasturchi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
08.06.2026 18:13
Oracle platformasida bank axborot tizimlarini ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlash sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Oracle Database platformasida dasturiy yechimlarni ishlab chiqish, qo’llab-quvvatlash va optimallashtirish
• Turli murakkablikdagi SQL-so’rovlarni yozish va takomillashtirish
• PL/SQL da saqlangan protseduralar, funksiyalar, paketlar va triggerlarni ishlab chiqish
• Ma’lumotlar bazasi ob’ektlarini loyihalash, yaratish va qo’llab-quvvatlash
• SQL-so’rovlar va PL/SQL kod unumdorligini tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish
• Bank axborot tizimlari va xizmatlarini integratsiya qilishda ishtirok etish
• Yangi IT-loyihalarni testlash, joriy etish va qo’llab-quvvatlashda ishtirok etish
• Ishlab chiqilgan yechimlar bo’yicha texnik hujjatlar tayyorlash
Talablar:
• Oliy ma’lumot (axborot texnologiyalari, dasturiy muhandislik, amaliy matematika yoki turdosh yo’nalish)
• Oracle PL/SQL da kamida 3 yillik ish tajribasi
• Oracle Database 12c/19c va yuqori versiyalar bilan ishlash tajribasi
• Murakkab SQL-so’rovlar, protseduralar, funksiyalar, paketlar va triggerlar ishlab chiqish tajribasi
• Ma’lumotlar bazasi ishlashini tahlil qilish va optimallashtirish ko’nikmasi
• Integratsion loyihalarda ishtirok etish tajribasi
• Bank sohasida ish tajribasi — afzallik
• Git, SVN yoki boshqa versiyalarni boshqarish tizimlari bilan ishlash — afzallik
• Oracle sertifikatlari (OCA, OCP) — afzallik
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

90