SQB Bank mahalla bankiri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi
07.05.2026 16:05
Odamlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallalarda real o‘zgarishlarga hissa qo‘shishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun bo‘lishi mumkin.
Ish joyi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati va Farg’ona viloyati
Asosiy vazifalar:
- Mahallalarda aholi bilan ishlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash
- Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va bank xizmatlarini targ‘ib qilish
- Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘mak berish
- Mahallalarda bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish
Talablar:
- Oliy ma’lumot
- O‘zbek va rus tillarini bilish
- Stressga chidamlilik, kommunikativlik va qat’iyatlilik
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

1005