SQB Bank Moliya bloki tarkibidagi Aktivlar va passivlar xizmati kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
03.06.2026 15:17
Agar siz bank tizimida tajribaga ega bo‘lsangiz, moliyaviy tahlil, likvidlikni boshqarish va balans ko‘rsatkichlari bilan ishlashga qiziqsangiz, ushbu vakansiya siz uchun ajoyib imkoniyatdir.
Asosiy vazifalar:
Bank bo‘linmalari o‘rtasidagi xizmat yozishmalari va elektron hujjatlar aylanishini yuritish;
Balans ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari bo‘yicha tahliliy hisobotlarni tayyorlash;
Kapital yetarliligi va depozit bazasi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish;
Resurslar transfer stavkalarini (FTP) hisoblash va Aktivlar hamda Passivlarni boshqarish qo‘mitasi (ALCO) uchun materiallar tayyorlash;
Transfer stavkalarini axborot tizimlariga kiritish va yangilab borish;
Tahliliy ma’lumotlar, taqdimotlar va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash;
Bankning likvidlik va balans boshqaruvi bilan bog‘liq loyihalarida ishtirok etish.
Talablar:
Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi yoki audit yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot;
Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi;
Ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimli muammolarni aniqlash qobiliyati;
Tahliliy hisobotlar va taqdimot materiallarini tayyorlash ko‘nikmasi;
MS Office dasturlarini (Excel, PowerPoint) yaxshi bilish;
Samarali muloqot qilish va fikr-mulohaza (feedback) berish ko‘nikmasi.
Ustunlik beriladi:
ACCA sertifikatiga ega yoki ACCA dasturining 50% dan ortiq imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlarga;
ALM, Treasury, Finance yoki Risk Management yo‘nalishlarida tajribaga ega mutaxassislarga;
Likvidlik, kapital yetarliligi va balans boshqaruvi bo‘yicha bilimlarga ega nomzodlarga.
Shaxsiy sifatlar:
Emotsional barqarorlik;
Stressga chidamlilik;
Moslashuvchanlik;
Mas’uliyatlilik va tafsilotlarga e’tibor.
Til bilimi:
O‘zbek tili — erkin;
Ingliz tili — erkin;
Rus tili — o‘rta daraja va undan yuqori.
Biz taklif qilamiz:
Respublikadagi yirik banklardan birining Bosh ofisida ishlash imkoniyati;
Aktivlar va passivlarni boshqarish (ALM) yo‘nalishida professional rivojlanish;
Murakkab va qiziqarli moliyaviy loyihalarda ishtirok etish;
Raqobatbardosh mehnat haqi;
Toshkent shahar markazidagi zamonaviy va qulay ofis;
Korporativ o‘quv dasturlari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
SQB jamoasiga qo‘shiling va bankning strategik moliyaviy boshqaruv yo‘nalishida o‘z karyerangizni rivojlantiring!

36