SQB Loyihalarni boshqarish departmentiga ish yurituvchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi
07.05.2026 16:05
Tartib, aniqlik va hujjatlar bilan ishlash sizning kuchli tomoningizmi? Unda sizni Bankning Loyihalarni boshqarish departamenti jamoasida kutamiz.
Asosiy vazifalar:
- Departamentning loyiha faoliyati bo‘yicha hujjat aylanishini yuritish
- EHA tizimi orqali hujjatlarni rasmiylashtirish va nazorat qilish
- Yig‘ilishlar va ishchi uchrashuvlar uchun materiallar tayyorlash
- Topshiriqlar ijrosi muddatlarini monitoring qilish
- Hisobot va loyiha hujjatlarini tizimlashtirish hamda arxivlash
- Xizmat yozishmalari va protokollar tayyorlash
- Ichki tartib va korporativ talablar bajarilishini ta’minlash
Biz izlayotgan nomzod:
- Hujjatlar bilan ishlashda e’tiborli va mas’uliyatli
- Tizimli fikrlay oladigan va ko‘p vazifali muhitda ishlashga tayyor
- Kuchli kommunikatsiya va tashkiliy ko‘nikmalarga ega
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

632