Stay up to date with news and offers!

  • Main
  • Press-center
  • SQB Raqamli biznes departamenti Raqamli dasturlash xizmati yetakchi dasturchi la

SQB Raqamli biznes departamenti Raqamli dasturlash xizmati yetakchi dasturchi lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


22.06.2026 15:46

Biz raqamli bank mahsulotlari, integratsion servislar va yuqori yuklamali mikroservis tizimlarini ishlab chiqish hamda rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Java va Spring Boot asosida backend-servislarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash
• Mikroservislar arxitekturasi, REST API va integratsion yechimlarni loyihalash hamda rivojlantirish
• Bankning ichki tizimlari, protsessing markazlari, to‘lov servislar va tashqi hamkorlar bilan integratsiyalarni amalga oshirish
• Kafka va RabbitMQ texnologiyalari yordamida asinxron jarayonlarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash
• Ilovalar va ma’lumotlar bazalari samaradorligini optimallashtirish, servislarning yuqori mavjudligini ta’minlash
• Arxitektura yechimlarini ishlab chiqishda, Code Review jarayonlarida va kod sifatini ta’minlashda ishtirok etish
• Avtomatlashtirilgan testlarni ishlab chiqish va CI/CD jarayonlarida qatnashish
• Agile metodologiyasi doirasida biznes bo‘linmalari, biznes tahlilchilar va dasturchilar jamoasi bilan hamkorlik qilish

 Talablar:
• Axborot texnologiyalari, kompyuter fanlari yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot
• Java dasturlash tilida kamida 4 yillik ish tajribasi
• Java 17/21, Spring Boot, Spring Security va mikroservislar arxitekturasi bo‘yicha mustahkam bilimlar
• Kafka, RabbitMQ va Event-Driven Architecture bilan amaliy ish tajribasi
• REST API loyihalash va ishlab chiqish tajribasi
• PostgreSQL, Oracle ma’lumotlar bazalari hamda SQL-so‘rovlarni optimallashtirish bo‘yicha bilimlar
• Docker, Linux va CI/CD vositalari bilan ishlash tajribasi
• Masshtablanuvchanlik, nosozliklarga chidamlilik va xavfsiz dasturiy ta’minot ishlab chiqish tamoyillarini tushunish
• Agile/Scrum metodologiyalari asosida ishlash tajribasi
• Tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoada ishlash ko‘nikmalari

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



06/22/2026 04:13:28 pm
SQB Jizzax So‘g‘diyona bank xizmatlari markazi rahbari (biznes menejer) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank savdolari, mijozlar bilan ishlash va jamoani boshqarish yo‘nalishida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga takli ...


Last updated date: 22.06.2026 15:47  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит