Yangiliklar

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


07.01.2026 10:18

Ijtimoiy tarmoqlarda “SQB Mobile” mobil ilovasi orqali amalga oshirilayotgan kartalararo o‘tkazmalar shartlari bo‘yicha bildirilgan e’tirozlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

“SQB Mobile” ilovasida 5 mln. so‘mgacha bo‘lgan kartalararo o‘tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirish imkoniyati maxsus aksiya doirasida joriy etilgan bo‘lib, ushbu aksiya 2025-yil 31-dekabrga qadar amal qilgan. Bu haqida bankning rasmiy axborot manbalari orqali oldindan axborot berilgan.

Belgilangan limitdan ortiq summadagi kartalararo o‘tkazmalar bo‘yicha esa bankning tasdiqlangan va rasmiy veb-saytida joylashtirilgan tariflarga muvofiq komissiya undirilgan. Ayni vaqtda ham kartalararo o‘tkazmalar mazkur amaldagi tariflar asosida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, bank tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish, xususan, kartalararo o‘tkazmalarni mijozlar uchun yana-da qulay va manfaatli qilishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu boradagi yangiliklar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin vaqt ichida bankning rasmiy aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.





Другие новости

21.09.2026 18:05:08
SQB Mobile: xodimlar uchun o‘quv-trening

Raqamli mahsulotlar savdosini oshirishga qaratildi (sarlavha) “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi ...

21.09.2026 10:38:39
SQB xodimlari Xalqaro tozalik kunida

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari Xalqaro tozalik kuniga bag‘ishlangan ekologiya va sport tadbirlarida faol ishtirok ...

08.09.2026 12:24:37
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...


Дата последнего обновления: 07.01.2026 10:19  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send