Ehtiyot böling: drop-kartalar va nega bu xavfli

Heç eşitganmisiz: «Kartangni ber, pul ötkazaman, keyin qaytaraman» degan gapni?
Yoki sizga yozişganmi: «Işonçli odam kerak, faqat ötkazmani qabul qil — ozgina foyda olasan»?
Şu tariqa oddiy bank kartasi drop-kartaga — pul yuviş va firibgarlik vositasiga aylanadi.

Aslida nimalar sodir böladi

Siz kartangiz ma’lumotlarini berasiz — va öşa zahoti begona firibgarlik sxemasining bir qismiga aylanasiz.
Hisobingiz orqali şubhali pul ötkazmalar ötadi, lekin holat foş bölganda, javobgarlik sizning zimmangizda böladi.
Firibgarlar uçun siz — faqat ism va karta xolos.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun esa — hamkor.

Nega bu xavfli

Bank har bir operatsiyani qayd etadi.
Kartangizdagi harakat — sizning izingiz, sizning imzoyingizdir.
Agar karta orqali noqonuniy operatsiyalar ötsa, tuşuntirişni siz berasiz, “yordam söragan” emas.

Nimalarga olib keladi

  • Karta va hisob qaytarib bölmaydigan tarzda bloklanadi.

  • Pul mablağlari yöqoladi va ularni qaytarişning iloji bölmaydi.

  • Jinoyat işi qözğatilişi mumkin.

  • Bank xizmat körsatişni töxtatiş huquqiga ega böladi.

Qanday qilib tuzoqqa tuşmaslik kerak

  • Heç qaçon kartangizni va uning ma’lumotlarini boşqalarga bermang.

  • PIN-kod, SMS-kodlar va parollarni heç kimga aytmang — hatto “bank xodimi” deb taniştirganlarga ham.

  • “Oson foyda” va “tez pul işlaş” haqidagi takliflarga işonmang.

  • Esda tuting: karta sizniki — va javobgarlik ham sizniki.

Drop-karta — bu “daromad manbai” emas.
Bu — muammolar, pul yöqotiş va obrödan ayriliş yöli.
Boşqalarning sxemasiga aralaşmang.
Kartangizni asrang. Özingizni himoya qiling.


Дата последнего обновления: 11.11.2026 14:31  
up