YaIDXP — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bo‘lib, u orqali fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishi va o‘z ma’lumotlarini elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
Mikrokredit rasmiylashtirish jarayonida pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat majburiy tartibda taqdim etiladi.
Bunda hujjat qog‘oz shaklda ham, YaIDXP orqali elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin. Buning uchun portalda avtorizatsiyadan o‘tib, ma’lumotlarni bankka taqdim etishga rozilik berish zarur.
Shundan so‘ng bank zarur ma’lumotlarni elektron shaklda oladi va hujjatni qog‘oz shaklda taqdim etish talab etilmaydi

