Kreditni tölaşda vaqtinça qiynalayotgan bölsangiz nima qiliş kerak?

Moliyaviy qiyinçiliklar har kimda yuzaga kelişi mumkin. Bunday vaziyatda muammoni e’tiborsiz qoldirmasdan, imkon qadar tezroq bankka murojaat qiliş muhim. Özsanoatqurilişbank ATBda kreditni restrukturizatsiya qiliş imkoniyati mavjud.


Kredit restrukturizatsiyasi nima?

Bu — amaldagi kredit şartlarini qayta körib çiqiş orqali sizning hozirgi moliyaviy holatingizga moslaştiriş va tölov yukini yengillaştiriş jarayonidir.


Qaysi holatlarda murojaat qiliş mumkin?

Agar quyidagi holatlar sababli kreditni öz vaqtida tölaş qiyinlaşgan bölsa:

  • daromadning vaqtinça kamayişi

  • iş joyini yöqotiş

  • kasallik

  • kutilmagan xarajatlar

  • oilaviy holatlar

  • boşqa murakkab hayotiy vaziyatlar


Qaysi şartlar özgartirilişi mumkin?

Mijoz arizasiga asosan bank quyidagilarni körib çiqişi mumkin:

  • tölov jadvalini özgartiriş (annuitet yoki differensial)

  • oylik tölov sanasini köçiriş

  • kredit muddatlarini özgartiriş

  • birgalikda qarz oluvçini almaştiriş (zarur hollarda)


Qaysi kreditlarga tatbiq etiladi?

Restrukturizatsiya jismoniy şaxslarga ajratilgan kreditlarga qöllaniladi,
overdraft va kredit kartalari bundan mustasno.


Çeklovlar bormi?

Ha, murojaat körib çiqilganda bank quyidagilarni inobatga oladi:

  • mavjud muddati ötgan qarzdorlik (odatda 60 kundan oşmasligi kerak)

  • mijozning hozirgi tölovga layoqatliligi

  • umumiy kredit yuklamasi

Har bir murojaat individual tartibda körib çiqiladi.


Bola parvarişlaş ta’tilidagi onalar uçun

Bola parvarişlaş ta’tilida bölgan ayollar kredit muddatini uzaytiriş böyiça murojaat qilişlari mumkin (bank qaroriga asosan va tegişli hujjatlar taqdim etilganda).


Qanday hujjatlar kerak?

  • pasport

  • vaziyat bayon qilingan ariza

  • murojaat sabablarini tasdiqlovçi hujjatlar (mavjud bölsa)


Komissiya tölanadimi?

Kredit şartlariga özgartiriş kiritilganda bank tariflariga muvofiq komissiya undirilişi mumkin. Miqdor kredit turi va özgartiriş turiga boğliq.


Muhim eslatma

Katta muddatli keçikişni kutmang. Qançalik erta murojaat qilsangiz, yeçim topiş imkoniyati şunçalik yuqori böladi.


Batafsil ma’lumot: +998 71 200 43 43 va 1180 telefonlari orqali, www.sqb.uz sayti yoki bankning eng yaqin ofislarida.


Дата последнего обновления: 11.11.2026 14:32  
up