Hurmatli mijozlar!
Sizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaymiz!
Ma’lum qilamizki, bayram va dam olish kunlarida ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning ayrim valyuta ayirboshlash shoxobchalari mijozlarga xizmat ko‘rsatishda davom etadi.
2026-yil 11-may, dushanba kuni bankning valyuta ayirboshlash shoxobchalari soat 9:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi hamda quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
• valyuta ayirboshlash;
• kommunal to‘lovlarni qabul qilish;
• bir martalik to‘lovlarni qabul qilish.
Faoliyat yuritadigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ro‘yxati, ularning manzillari va ish tartibi bu yerda joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, asosiy bank xizmatlari SQB Mobile mobil ilovasida bayram va dam olish kunlari ham doimo foydalanish uchun mavjud. Bankomatlar tun-u kun faoliyat yuritadi va muntazam ravishda naqd pul bilan ta’minlanadi.
Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Hurmatli mijozlar! Jismoniy shaxslar, shuningdek, mikro va kichik biznes subyektlari uchun bank xiz ...
Hurmatli mijozlar! Jismoniy shaxslar uchun yangi “MikroMadad” mikroqarzi ishga tushirilganini ma’lu ...
Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes uchun amaldagi kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartiri ...

