Bayram kunlarida bankning ish tartibi


07.05.2026 15:38

Hurmatli mijozlar!

Sizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaymiz!

Ma’lum qilamizki, bayram va dam olish kunlarida ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning ayrim valyuta ayirboshlash shoxobchalari mijozlarga xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

2026-yil 11-may, dushanba kuni bankning valyuta ayirboshlash shoxobchalari soat 9:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi hamda quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

• valyuta ayirboshlash;
• kommunal to‘lovlarni qabul qilish;
• bir martalik to‘lovlarni qabul qilish.

Faoliyat yuritadigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ro‘yxati, ularning manzillari va ish tartibi bu yerda joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, asosiy bank xizmatlari SQB Mobile mobil ilovasida bayram va dam olish kunlari ham doimo foydalanish uchun mavjud. Bankomatlar tun-u kun faoliyat yuritadi va muntazam ravishda naqd pul bilan ta’minlanadi.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

11/27/2026 04:15:44 pm
Mastercard World karta egalari uçun SQB Club sodiqlik dasturi

Hurmatli mijozlar! ATB «Özsanoatqurilişbank» Mastercard bilan hamkorlikda SQB Mastercard World kart ...

11/27/2026 04:11:32 pm
SQB CARD FEST: aksiya yakuniga oz qoldi!

Hurmatli mijozlar, sizga eslatib ötamiz! “SQB CARD FEST” aksiyasi 20-dekabrgaça davom etadi. Qimmat ...

11/26/2026 03:16:28 pm
“Imkoniyat-1” omonatiga mablağ qabul qiliş qayta tiklandi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi omonat böyiça mablağ qabul qiliş qayta joriy etilganini ma’lum qilamiz: ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 07.05.2026 17:40  
up