• Main
  • Press-center
  • SQB Angren BXM mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni takli

SQB Angren BXM mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


13.08.2026 16:53

Biz mijozlar bazasini rivojlantirish, bank mahsulotlari savdosini oshirish va premium segment mijozlari bilan samarali ishlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, natijaga yo‘naltirilgan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Mijozlar bazasini kengaytirish va bank mahsulotlari bilan qamrab olish darajasini oshirish.
• Mijozlarga bank xizmatlari va mahsulotlari bo‘yicha to‘liq hamda sifatli ma’lumot berish.
• Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Chakana biznes yo‘nalishini rivojlantirish, samaradorlik va daromadlilikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Bank mahsulotlarini sotish va tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish.
• Premium va affluent segmentdagi mijozlar sonini oshirish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Jismoniy shaxslarga kredit ajratish jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
• Bank kartalarini sotish, mobil ilovaga ulash hamda omonatlarni jalb qilish.
• Ichki me’yoriy hujjatlar va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha).
• Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Kredit mahsulotlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va mijozlarning kredit layoqatliligini tahlil qilish ko‘nikmalari.
• Kredit hujjatlarini shakllantirish va rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha bilim.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini bilish va ularga amal qilish.
• Analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish qobiliyati.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

 Shaxsiy sifatlar:
• Stressga chidamlilik.
• Qat’iyatlilik.
• Kommunikativlik.
• Mas’uliyatlilik.
• Vaqtni samarali boshqarish ko‘nikmasi.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



08/14/2026 06:05:32 pm
Mikro va kichik biznes bo‘yicha anderrayting xizmati menejeri

Asosiy vazifalari: Bank filiallaridan kelib tushgan mikro va kichik biznes mi ...

08/13/2026 04:55:51 pm
SQB Sirdaryo bank xizmatlari ofisiga Kechki kassa nazoratchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Kassa amaliyotlari va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kuta ...


Last updated date: 13.08.2026 16:54  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит