• Main
  • Press-center
  • SQB Bank kartalari tizimlarini qo‘llab-quvvatlash departamentining Ekvayring va

SQB Bank kartalari tizimlarini qo‘llab-quvvatlash departamentining Ekvayring va emissiya xizmati Toshkent shahar bo‘yicha emissiya va ekvayring guruhi kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


30.07.2026 15:02

Agar siz bank kartalari infratuzilmasi bilan ishlashni, zamonaviy to‘lov texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashni va texnik jarayonlarni nazorat qilishni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• Bankomat, infokiosk, kartomat va embosserlarning kunlik monitoringini olib borish.
• Qurilmalarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
• Ta’mirtalab qurilmalar hisobini yuritish hamda servis xizmatlariga buyurtmalar yuborish.
• To‘lov terminallarini dasturlash va PID Pad qurilmalarini o‘rnatish.
• Bank tarmog‘idagi bankomatlar, terminallar, infokiosklar, kartomatlar va embosserlarning texnik holati bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish.
• Uzcard, Humo va xalqaro bank kartalari emissiyasini amalga oshirish.
• Protsessing markazi bilan bog‘liq mijozlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va kamchiliklarni bartaraf etish.
• Bankomat funksiyalaridagi yangilanishlarni joriy etish hamda hisobotlarni tayyorlash.

Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki texnik ma’lumot.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bankomat, terminal, embosser va infokiosklar bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar.
• Bank kartalari emissiyasi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar.
• Analitik fikrlash, mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalari.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 2.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



07/31/2026 04:40:12 pm
Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB jamoasiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish, komplayens naz ...

07/31/2026 02:59:34 pm
SQB Mikro va kichik biznes departamenti ijrochi direktori lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz bank biznesini rivojlantirish, sotuvlarni boshqarish va hududiy tarmoqlar faoliyatini samarali muvofiqlashtiris ...

07/31/2026 11:26:00 am
Menejer (Xaridlar bo‘yicha komplayens nazorati)

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Komplayens-nazorat departamenti Bank faoliyatida xaridlarni nazorat qilish gu ...


Last updated date: 31.07.2026 15:02  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит