SQB Mikro va kichik biznes departamenti ijrochi direktori lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
30.07.2026 14:59
Agar siz bank biznesini rivojlantirish, sotuvlarni boshqarish va hududiy tarmoqlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lsangiz - sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Biriktirilgan hudud bo‘yicha sotuv rejalari va KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish hamda tahlil qilish.
• Bank filiallari va front-ofis xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, sotuv samaradorligini oshirish.
• Mijozlar bazasini kengaytirish, faol sotuvlarni rivojlantirish va bank mahsulotlari savdosini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.
• Tarmoq xodimlarini bank mahsulotlari, xizmatlari va sotuv ko‘nikmalari bo‘yicha o‘qitish hamda rivojlantirish.
• Mijozlar bilan ishlovchi xodimlarning faoliyati va malakasini baholash, zarur tavsiyalar berish.
• KPI, shtat optimallashtirish, rag‘batlantirish va intizomiy choralar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish.
• Bosh bank bo‘linmalari bilan hamkorlikda sotuv jarayonidagi muammolarni bartaraf etish va biznes rejalarining bajarilishini ta’minlash.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Talablar:
• Oliy iqtisodiy ma’lumot.
• Bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi.
• Bank mahsulotlari va sotuv jarayonlarini chuqur bilish.
• Tarmoqni boshqarish va jamoa faoliyatini muvofiqlashtirish tajribasi.
• Analitik fikrlash, yetakchilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
• O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 2.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

14