• Main
  • Press-center
  • SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamenti direktori o

SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamenti direktori o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


15.07.2026 12:16

Bank tizimida rahbarlik, strategik boshqaruv, ijro intizomi, nazorat tizimlari va bank faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega, kuchli liderlik salohiyatiga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Bank Boshqaruvi va Kuzatuv kengashi topshiriqlari ijrosini nazorat qilish va monitoringini tashkil etish.
• Bankning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy tarmoqlarida ijro intizomini ta’minlash hamda nazorat qilish.
• Topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yagona monitoring tizimini yuritish va takomillashtirish.
• Boshqaruv qarorlari, farmoyishlar va topshiriqlar ijrosi yuzasidan tahliliy hisobotlar tayyorlash.
• Tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ijro intizomini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Ichki nazorat, audit va risklarni boshqarish bo‘linmalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
• Bank rahbariyatiga boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlar va tavsiyalar taqdim etish.
• Ijro nazorati bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlar, reglamentlar va metodologiyalarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish.
• Davlat organlari, Markaziy bank va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan ijro intizomi masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot (moliya, iqtisodiyot, bank ishi, menejment yoki turdosh yo‘nalishlarda).
• Bank tizimida kamida 15-20 yillik ish tajribasi.
• Departament, boshqarma yoki hududiy boshqaruv rahbari sifatida ishlagan bo‘lishi.
• Bankning operatsion faoliyati, ichki nazorat, audit, ijro intizomi va boshqaruv tizimlarini chuqur bilishi.
• Bank faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va Markaziy bank talablarini mukammal bilishi.
• Rahbarlik, strategik rejalashtirish va yirik jamoalarni boshqarish tajribasiga ega bo‘lishi.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 17.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



07/15/2026 05:56:27 pm
SQB Undiruv markazi Dasturiy ta’minot xizmati kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bankning undirish jarayonlarini avtomatlashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirish va t ...

07/15/2026 03:59:48 pm
Yetakchi operator (telefon orqali sotuv)

Ish joyi: Bosh ofis Bandlik turi: Doimiy, to‘liq stavka Ish jadvali: Dushanba – Juma, 09:00–18:00 ...

07/15/2026 03:58:54 pm
Bosh operator

Biz mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, sotuvni yaxshi ko‘radigan va zamonaviy bank jamoasida rivojlanishni i ...


Last updated date: 15.07.2026 12:17  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит