• Main
  • Press-center
  • SQB Kogon bank xizmatlari markazi Universal servis menejeri lavozimiga tanlov as

SQB Kogon bank xizmatlari markazi Universal servis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


25.06.2026 09:56

Biz mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda operatsion jarayonlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlay oladigan mas’uliyatli va mijozlarga yo‘naltirilgan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va bank operatsiyalarini amalga oshirish.
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish.
• SWIFT o‘tkazmalarini iABS dasturiga kiritish.
• Depozit operatsiyalari hisobini yuritish va tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish.
• Mijozlarni identifikatsiya qilish hamda hujjatlarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish.
• Eksport-import shartnomalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish va tizimga kiritish.
• Bank kartalari, savdo terminallari va masofaviy xizmatlar bo‘yicha arizalarni rasmiylashtirish.
• Ish haqi loyihalari bo‘yicha to‘lov reyestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o‘tkazish.
• Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiyalarni hisoblash.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank sohasida ishlashga qiziqish va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• Mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



06/25/2026 05:26:49 pm
SQB Marketing departamenti Bank tarmog‘ini ochish va relokatsiya qilish bo‘yicha takliflar kiritish xizmati yetakchi menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz bank tarmog‘ini rivojlantirish, istiqbolli hududlarni tahlil qilish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi format ...

06/25/2026 03:00:22 pm
Garov markazi Garov monitoringi xizmati katta menejeri

Vazifalar: -Bank kreditlari bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilingan garov mulklarini monitoring qilish ...

06/25/2026 02:59:27 pm
Garov Markazi baholash xizmati bosh menejer

Vazifalar: -Bankning kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilinadigan mol-mulkni tahlil q ...


Last updated date: 25.06.2026 09:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит