SQB Kogon bank xizmatlari markazi Universal servis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.
25.06.2026 09:56
Biz mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda operatsion jarayonlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlay oladigan mas’uliyatli va mijozlarga yo‘naltirilgan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va bank operatsiyalarini amalga oshirish.
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish.
• SWIFT o‘tkazmalarini iABS dasturiga kiritish.
• Depozit operatsiyalari hisobini yuritish va tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish.
• Mijozlarni identifikatsiya qilish hamda hujjatlarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish.
• Eksport-import shartnomalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish va tizimga kiritish.
• Bank kartalari, savdo terminallari va masofaviy xizmatlar bo‘yicha arizalarni rasmiylashtirish.
• Ish haqi loyihalari bo‘yicha to‘lov reyestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o‘tkazish.
• Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiyalarni hisoblash.
Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank sohasida ishlashga qiziqish va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• Mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

45
Boshqa yangiliklar