Garov markazi Garov monitoringi xizmati katta menejeri
25.06.2026 14:59
Vazifalar:
-Bank kreditlari bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilingan garov mulklarini monitoring qilish
-Kredit muddati davomida garov ta’minotining saqlanishi va dolzarbligini nazorat qilish
-Garov mulklarini qayta baholash jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish
-Garov ta’minotiga oid hujjatlarni tahlil qilish va tegishli xulosalarni tayyorlash
-Garov mulklarini inventarizatsiya qilish hamda ularning amalda mavjudligini tekshirish
-Mol-mulkni baholash va qayta baholash masalalari bo‘yicha mustaqil baholash tashkilotlari bilan hamkorlik qilish
-Qarzdorlikni qoplash hisobiga Bank balansiga qabul qilingan mol-mulk holatini nazorat qilish
-Garov ta’minoti monitoringi natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
-Garov mulkining shikastlanishi, yo‘qolishi yoki holati yomonlashishi holatlarini aniqlash hamda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish
-Ichki axborot tizimlari va elektron hujjat aylanish platformalarida ishlash
-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Bankning ichki normativ hujjatlari, komplayens talablari va korporativ etika standartlariga rioya qilish
Talablar:
-Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya, muhandislik-texnik yoki qurilish yo‘nalishlarida)
-Bank tizimi, baholash faoliyati, risk-menejment yoki garov ta’minotini boshqarish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi
-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining garov ta’minoti va mol-mulkni baholashga oid normalarini bilish
-Huquqni belgilovchi hujjatlar va baholash hisobotlarini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
-MS Office dasturlaridan (Excel, Word, PowerPoint) erkin foydalanish
-Yuqori mas’uliyat, e’tiborlilik va analitik fikrlash qobiliyati
-Hisobotlar tayyorlash va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish
-Bankning ichki bo‘linmalari hamda tashqi hamkorlar bilan samarali muloqot olib borish qobiliyat.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

36
Boshqa yangiliklar