SQB Qo‘ng‘irot BXM Mijoz menejerlari guruhi kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
03.08.2026 11:07
Agar bank sohasida faoliyat boshlashni, mijozlar bilan ishlashni va professional rivojlanishni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mos bank mahsulotlarini taklif etish.
• Jismoniy shaxslarga kredit ajratish hamda kreditlash jarayonini muvofiqlashtirish.
• Jismoniy shaxslarga barcha turdagi bank kartalarini taklif qilish va rasmiylashtirish.
• Bankning boshqa xizmat va mahsulotlarini faol targ‘ib qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Ish tajribasi talab etilmaydi.
• Mijozlarni jalb qilish va muzokara olib borish ko‘nikmalari.
• Bank mahsulotlari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish.
• Sotuv va kross-sotuv ko‘nikmalari.
• Moliyaviy tahlil qilish qobiliyati.
• Mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik va muloqotga kirishuvchanlik.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 5.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

62