SQB Qoraqalpog‘iston BXO Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi servis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
03.08.2026 11:11
Agar bank sohasida faoliyat yuritishni, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni va professional rivojlanishni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mijozlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish.
• Omonat hisobvaraqlarini ochish va yopish, foizlarni hisoblash hamda kirim-chiqim operatsiyalarini amalga oshirish.
• Mijozlarning omonat hisobvaraqlaridan naqd pulsiz to‘lovlarni rasmiylashtirish.
• Hisobvaraqlardan ko‘chirmalar va ma’lumotnomalarni tayyorlash hamda taqdim etish.
• Xalqaro pul o‘tkazmalarini yuborish, to‘lash va qaytarish operatsiyalarini amalga oshirish.
• IABS va ARM tizimlari bo‘yicha kun yakunidagi mutanosiblikni ta’minlash.
• “O‘zbekiston Ekspress” milliy pul o‘tkazmalari tizimi operatsiyalarini rasmiylashtirish.
Talablar:
• Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot.
• Ish tajribasi talab etilmaydi.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha bilim.
• Mijozlar bilan ishlash, muzokara olib borish hamda sotuv va kross-sotuv ko‘nikmalari.
• Moliyaviy tahlil qilish qobiliyati.
• Mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik va muloqotga kirishuvchanlik.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 5.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

60