• Main
  • Press-center
  • SQB “ProcessTech-2026”da raqamli jarayonlar tahlili bo‘yicha ilk yirik natijalar

SQB “ProcessTech-2026”da raqamli jarayonlar tahlili bo‘yicha ilk yirik natijalarni eʼlon qildi


14.05.2026 13:00

SQB “ProcessTech-2026”da raqamli jarayonlar tahlili bo‘yicha ilk yirik natijalarni eʼlon qildi

2026-yil 14-may kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” (SQB)ning “Toshkent City” hududidagi Bosh ofisida “ProcessTech” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi. SQB va “Infomaximum” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir Oʻzbekistonda process analitikasi, intellektual avtomatlashtirish va maʼlumotlarga asoslangan biznes boshqaruvi mavzusidagi eng yirik soha uchrashuvlaridan biriga aylandi.

Konferensiya 30 ga yaqin yetakchi kompaniyadan 50 dan ziyod ishtirokchini — rahbarlar, xorijiy ekspertlar va soha mutaxassislarini bir maydonda jamladi. Ishtirokchilar Process Mining, Task Mining, BI vositalari, raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt yechimlarini joriy etish boʻyicha amaliy tajribalarni muhokama qildi.
image-18-05-26-02-54-3.jpeg

Maʼlumotlarga asoslangan boshqaruvga oʻtish

Process Mining — bu kompaniyaning axborot tizimlaridagi raqamli izlar (loglar) asosida real biznes jarayonlarining qanday kechishini tiklash va tahlil qilish texnologiyasi. Task Mining esa xodimlarning ish kompyuterlarida bajaradigan operatsiyalarini oʻrganib, takrorlanuvchi va avtomatlashtirishga yaroqli vazifalarni aniqlaydi.

SQB ushbu texnologiyalarni keng miqyosda muvaffaqiyatli joriy etgan Oʻzbekistondagi ilk moliya muassasalaridan biri hisoblanadi.

“Process Mining va Task Mining texnologiyalari bizga jarayonlarni intuitsiya yoki reglamentlar emas, balki real daliliy maʼlumotlar asosida boshqarish imkonini berdi. Bu — bankimiz uchun operatsion boshqaruvning sifat jihatidan yangi bosqichi”, — deya taʼkidladi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Jarayonlarni boshqarish xizmati rahbari Xusniddin Bozorov.

Amaliy natijalar: o’nga yaqin departament, 60 foizgacha optimisatsiya salohiyati

SQB Process Mining yordamida kredit mahsulotlarini ajratish jarayonlarini, Task Mining orqali esa xodimlarning ixtisoslashgan tizimlardagi rutin operatsiyalarini tahlil qildi. Tahlil natijasida quyidagilar aniqlandi:

 • Takrorlanuvchi va qoʻlda bajariladigan operatsiyalar

 • Jarayonlardagi vaqt yoʻqotishlari va ogʻishlar

 • Avtomatlashtirishga eng yaroqli nuqtalar

Bankning o’nga yaqin departamentini qamrab olgan kredit konveyeri tahlili 60 foizgacha optimallashtirish salohiyatini koʻrsatdi. Bu natija bankning operatsion samaradorligini sezilarli darajada oshirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish tezligini tezlashtirish va xodimlarning intellektual mehnatga koʻproq vaqt ajratishi uchun zamin yaratadi.

Xalqaro tajriba va texnologik hamkorlik

Konferensiyaning keys-sessiyalarida xorijiy kompaniyalar vakillari oʻz amaliy tajribalarini taqdim etdi. Muhokama qilingan asosiy yoʻnalishlar:

 • Process analitikasi orqali rutin operatsiyalarni aniqlash va ogʻishlarni nazorat qilish

 • Sunʼiy intellektga asoslangan raqamli xodimlarni (digital workers) joriy etish

 • Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini sanoat miqyosida kengaytirish

“Oʻzbekiston bozorida Process Mining va Task Mining texnologiyalariga qiziqish jadal oʻsib bormoqda. SQB bilan hamkorlik mintaqada process analitikasini joriy etishning yorqin namunasi boʻlib, mahalliy biznes muhitida maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda”, — dedi “Infomaximum” kompaniyasi Bosh direktori Aleksandr Bochkin.

Keyingi qadamlar

“ProcessTech” konferensiyasi maʼlumotlar, texnologiyalar va oʻlchanadigan natijalar atrofida birlashuvchi amaliy platforma sifatida rivojlanishda davom etadi. SQB esa olingan natijalar asosida Process Mining va Task Mining texnologiyalarini bankning boshqa biznes yoʻnalishlariga ham kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumot uchun:

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB — Oʻzbekistonning yetakchi tijorat banklaridan biri boʻlib, mamlakat moliya sektorida raqamli transformatsiya jarayonlarining ilgʻor ishtirokchisi hisoblanadi.

“Infomaximum” — Process Mining, Task Mining va BI yoʻnalishida ixtisoslashgan, xalqaro tan olingan texnologik kompaniya.






05/15/2026 02:37:10 pm
Team building: Bir jamoa – bir maqsad: muvaffaqiyat sari birgalikda

Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 24-fevralda yoshlar bilan o’tkazilgan ochiq muloqotdan so’ng mamlakatimizda har ...

05/08/2026 10:43:19 am
Yoshlar va rahbarlar: istiqbolli gʻoyalar yuzlashganda

Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida ra ...


Last updated date: 18.05.2026 15:48  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит