• Main
  • Press-center
  • SQB tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar xavfsizlikni mustahkamlash, raqamla

SQB tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar xavfsizlikni mustahkamlash, raqamlashtirishni kengaytirish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan


13.04.2026 15:34

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amalga oshirilgan ayrim xaridlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Keltirilgan holat boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi:

Xabarda keltirilgan barcha xaridlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, belgilangan tartib-taomillar asosida amalga oshirilgan. Xususan, xaridlar yagona yetkazib beruvchi va raqobatli usulda oʻtkazilib, ishtirokchilar takliflari texnik va moliyaviy mezonlar asosida baholandi hamda eng maqbul shart taklif etgan ishtirokchilar gʻolib deb topildi.

Shu bilan birga, shartnomalar doirasidagi toʻlovlar xizmatlar amalda bajarilib, tegishli qabul qilish hujjatlari rasmiylashtirilgandan soʻng, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Qayd etish joizki, mazkur xaridlar bank faoliyatining barqarorligi, xavfsizligi va samaradorligini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, quyidagi aniq vazifalarni hal etishni nazarda tutadi, jumladan:

– bank tarmoqlarida oʻrnatilgan yongʻindan ogoh etuvchi signalizatsiya tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, mijozlar va xodimlar xavfsizligini kafolatlash maqsadida vakolatli tashkilot – Ichki ishlar vazirligi huzuridagi maxsus markaz bilan shartnoma tuzish;

– “SQB Mobile” ilovasida joriy etilgan “oltin sotish va sotib olish” platformasini rivojlantirish, uni aholi orasida ommalashtirish va sotuv hajmini oshirish maqsadida marketing loyihasi amalga oshirilmoqda. Bunda xizmat haqi belgilangan natijalarga erishilgan taqdirdagina toʻlovni amalga oshirish;

– mijozlar bilan aloqalarni samarali tashkil etish, qoʻngʻiroqlar oqimini boshqarish va maʼlumotlarni tezkor qayta ishlashni taʼminlash maqsadida avtomatlashtirilgan qoʻngʻiroq tizimini joriy etish orqali xizmat koʻrsatish jarayonlari modernizatsiya qilish;

– bank xizmatlari sifatini oshirish va savdo samaradorligini kuchaytirish maqsadida xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish, biznes-trenerlar tayyorlash hamda front-ofis xodimlari uchun zamonaviy oʻquv metodologiyasini joriy etish ishlari amalga oshirish.

Bank faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilingan holda, barcha xarid jarayonlari amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etiladi hamda jamoatchilik uchun ochiq manbalar orqali eʼlon qilib boriladi.





04/10/2026 10:26:49 am
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

04/09/2026 11:24:04 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...

04/06/2026 06:08:41 pm
SQB’da xotin-qizlar uchun biznes-trening o‘tkaziladi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...


Last updated date: 16.04.2026 15:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит