
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda “Umumjahon pul haftaligi-2025” (“Global Money Week”) tadbirlari doirasida o‘quvchilar uchun O‘zbekiston tasviriy san’ati galereyasiga sayohat uyushtirildi.
Ekskursiyada poytaxtimizdagi 39-, va 40-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etib, ular asosan galereyaning numizmatika bo‘limida Markaziy Osiyoning pul muomalasiga oid tarixi, tangalar va qog‘oz pullarning rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Galereyadagi muhit, eksponatlar hamda mutaxassislar bergan moliya tarixiga doir bilimlar o‘quvchi-yoshlarning tasavvur olamini yana-da boyitib, ular xotirasida yorqin taassurot qoldirdi.
Ma’lumot uchun: Numizmatika – bu tangalar, qog‘oz pullar, medallar va boshqa pul belgilarini o‘rganuvchi ilm sohasidir. U o‘z ichiga pullarning tarixi, shakli, tarkibi, ishlab chiqarish usullari va muomaladagi roli kabi jihatlarni qamrab oladi.
Shuningdek, numizmatika muayyan davrdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarni o‘rganishda ham muhim manba hisoblanadi.
#SQB
#GMW2025
#FinLitUz
#Numizmatika
#YangiRuhiyat
#IjtimoiyFaol
Bank axborot xizmati
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...
Hurmatli mijozlar! So‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Firibgarlar nafaqat noma’lu ...
2026-yil 14-may kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” (SQB)ning “Toshkent City” hududidagi Bosh of ...

