Kredit maqsadi | Yashash uchun uy-joy sotib olish |
Kredit miqdori | 400 mln so'mgacha |
Kredit muddati | 20 yilgacha, annuitet toʼlovi usulida 1 |
Kredit foiz stavkasi | 17.5 % |
Boshlang'ich to'lov | 25 % |
1 Imtiyozli davrsiz. Kredit bo’yicha foizlar har kuni, kredit qoldig’iga nisbatan hisoblab boriladi. Qo'shimcha to'lovlarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud
Qarz oluvchiga qo’yiladigan talablar
· kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
· birgalikda istiqomat qiluvchi va umumiy xo’jalik yurituvchi jismoniy shaxslar birgalikda qarz oluvchi bo’lishi mumkin;*
· qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 50 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
· qarz oluvchi va bir xo’jalikda birgalikda yashovchi shaxslarning maksimal oylik sof daromadi 15 mln. so'mdan oshmasligi;
· qarzdor yollangan ishchi yoki xususiy tadbirkor sifatida 4 oydan kam boʻlmagan barqaror daromad manbaiga ega boʻlishi zarur;
· olingan kreditlar va boshqa majburiyatlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorligi mavjud bo’lmasligi.
*Bir uyda doimiy ro‘yhatdan o‘tgan fuqarolar birgalikda yashovchi xo’jalik a‘zolari hisoblanadi.Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvch / kafildan qabul qilinadigan hujjatlar ro'yxati
pasport;
oxirgi 12 oy davomidagi olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
uy-joy oldi sotdi shartnomasi;
uy-joy bozor bahosi to’g’risida mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti
Qo’shimcha xarajatlari
uy-joyning notarial tartibda oldi-sotdi va garovga olish bilan bog’liq xarajatlari
uy-joyning kadastr hujjatlarini tayyorlash va kreditni to’liq muddatiga sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlari.