Ta'lim kreditlari (Vaqtincha to'xtatilgan)

img
To'lov kontrakt asosida
Kredit miqdori
14 %*
Yillik stavka
11 yilgacha
Kredit muddati
6 oy
Imtiyozli davr
Ta'lim kreditini qanday qilib olish mumkin?
Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling

Bankga kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang (unda ko`rsatilgan miqdor oliygoh hisobvarag`iga o`tkaziladi)

Yangi bilimlarga intiling!


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to`g`risidagi guvohnoma

  • Pullik ta`lim shartnomasi

  • Kreditni ta'minlash bo`yicha hujjatlar

Kredit O`zbekiston Respublikasining 60 yoshgacha bo`lgan fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

JOYDA mobil ilovasi orqali

JOYDA yuklab olish

Kalkulyator
To'lov turini tanlang
Differensial
Kredit miqdori
Boshqa xizmatlar
Muddati

To'lov jadvali

*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Batafsil shartlar
  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar
  • Ta'minotga talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari)da taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishni koʻchirgan talabalar uchun ajratiladi


Kredit muddati:

talabaning rasmiy o‘qishni tamomlashining belgilangan yakuniy muddati + 7 yil

Kredit miqdori:

oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt) to‘lov summasi miqdorida

Kredit foiz stavkasi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida

Imtiyozli davr:

talabaning rasmiy o‘qishni tamomlashining belgilangan yakuniy muddati + 6 oy

To'lov grafigi:

differensial

Mahsulotni olish usuli:

ta'lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar oliy ta'lim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan ta'lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi



Hujjatlar

Ta'lim kreditlariga shartnoma

Yuklab olish

Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar

  • Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari)da (keyingi oʻrinlarda taʼlim tashkiloti) va qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavr va hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov kontrakt asosida tahsil oluvchi fuqaro;

  • Ta'lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

  • Ta'lim kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.

Ta'minotga talablar:

Kredit  miqdori  bazaviy  xisoblash  miqdorining  150  baravarigacha jismoniy shaxs kafilligi va/yoki sug'urta polisi; 

Kredit miqdori bazaviy xisoblash miqdorining 150 baravaridan oshgan taqdirda mol-mulk garovi:   

- avtotransport vositasi (ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan); 

- ko'chmas mulk (agar bu turar-joy mulki bo`lsa, doimiy ro'yxatda turuvchilar mavjud bo'lmasligi lozim). 

Bunda mazkur kredit mahsuloti bo'yicha (kredit qoldig'iga nisbatan) ta'minot miqdori hamda mijozning to'lov qobiliyati har bir o'quv yili uchun alohida o'rganiladi 


Kredit qoplanishi:

Ta'minotning miqdori kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi lozim. Daxldor shaxslar bo'yicha ta'minotning miqdori kredit summasining kamida 130 foizini tashkil etishi lozim.


Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchi / kafildan qabul qilinadigan hujjatlar ro'yxati

  • pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;

  • daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar/elektron ma'lumotlar (bankning Crobs dasturi orqali);

  • talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov mikdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

  • ta'lim krediti qaytarilishining ta'minotiga doir hujjatlar va zarur hollarda garov mulkini baholash yuzasidan mustaqil baholash tashkiloti hisoboti;

  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun).

Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.


Hujjatlar

Ta`lim krediti berish bo`yicha shartnoma

Yuklab olish
Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Orzuingizdagi uy
ipotekaga 18%

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

JOYDA - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz – siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.02.2024 11:51  
up