Imtiyozli ipoteka krediti (Ipoteka VM-637)

Xususiy uy-joy yashash maydonini kengaytirish uchun.

car

Kredit miqdori

33 mln so'mgacha

Kredit stavkasi

17%

Kredit muddati

20 yilgacha

Boshlang'ich to'lov

15%
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Sizga yaqin bo'lgan bank o'fisiga kerakli hujjatlarni topshiring

Bank bilan kredit shartnomasini tuzish orqali to'lovni oling


Orzuingizdagi uyni sotib olishga yordam beramiz
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID - karta

  • Sotib olish shartnomasi

Kredit O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

JOYDA mobil ilovasi orqali

Download JOYDA

Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


Batafsil shartlar
  • Kredit berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

Yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish uchun:

Kredit mablagʻlari naqd pulsiz shaklda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda loyiha smeta hujjatlariga muvofiq bosqichma-bosqich qarz oluvchining bank plastik kartasiga, pudrat tashkiloti jalb etilgan hollarda esa, pudrat tashkilotining hisobvaragʻiga quyidagi tartibda oʻtkazib beriladi:

- boshlangʻich badal miqdoridagi teng ishlar bajarilgandan soʻng kreditning 50 % gacha;

- ajratilgan kredit miqdoridagi ishlar bajarilgandan soʻng kreditning 95 % gacha;

- loyiha boʻyicha ishlar toʻliq bajarilgandan soʻng kreditning qolgan 5 %.

(«Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari» ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar).

Valyuta:

UZS

Kreditning yillik foiz stavkasi*:

17%

Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:

15 % dan kam boʻlmagan miqdorda

Kreditning eng koʻp miqdori:

33 000 000 soʻm

Kreditning maksimal muddati:

20 yil

Imtiyozli davr:

6 oy (differensial grafikda)

To’lov usuli:

qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial


Qo'shimcha shartlar:

*2023-yil 1-yanvardan boshlab foiz stavkasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi +3% miqdorda belgilanadi


Hujjatlar

ShartnomaYuklab olish (.doc)

Yuklab olish
  • kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlarning alohida toifalariga mansub Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • «Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari» ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi lozim);
  • daromad manbalariga (uzluksiz 4 oy davomida), shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taʼqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
  • qarz yuki koʻrsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadlarining 70 foizdan yuqori boʻlmasligi;
  • yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi;
  • kredit ajratishni koʻrib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
  • ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha boshqa yordam olmagan boʻlishi;
  • yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʻlishi.

  • Pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • Daromadlari toʻgʻrisidagi hujjatlar/elektron maʼlumotlar (bankning Crobs dasturi orqali aniqlanadi);
  • Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;
  • Uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha smeta hujjati (bunda loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan uy-joy qurish taʼqiqlanadi);
  • Pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish boʻyicha shartnoma (pudrat tashkiloti jalb qilingan taqdirda talab qilinadi);
  • Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi/savdo doʻkoni, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilar oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
  • Nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
  • Taʼminotga doir hujjatlar;
  • «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlarini tasdiqlovchi xujjat;
  • Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz – siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish

Oxirgi yangilanish sanasi: 08.02.2024 15:20  
up