IT-ta'lim uchun mavjud kredit (Vaqtincha to'xtatilgan)

img
21 450 000 so'mgacha
Kredit summasi
14%*
Yillik stavka
4 yil
Kredit muddati

Kredit olish oson!

Bankka hujjatlar bilan keling
Bank qarorini kuting
Agar ijobiy qaror qabul qilingan bo'lsa, bank bilan kredit shartnomasini imzolang

Kreditni to'lash usullari

Bank kartasi orqali
JOYDA mobil ilovasi orqali
KOD 2500
Bankning istalgan ofisida

Talab qilinadigan hujjatlar

Fuqarolik pasporti
To'lov kontrakt shartnomasi
Kreditni qaytarishni ta’minlash to’g’risidagi ta’minot hujjatlari

Kredit miqdorini hisoblash

Qo'shimcha xarajatlar


Kreditning asosiy shartlari


  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar

Kredit maqsadi

IT-park rezidenti bo’lgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o’quv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun 

Kreditning eng ko‘p miqdori*

BXMning 65 baravarigacha bo’lgan miqdorda

Kredit muddati

4 yil

Kredit foiz stavkasi*

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida

Maksimal imtiyozli davr (differensial jadvalda)

1 yil

Mahsulotni olish usuli

Pul ko’chirish yo’li bilan 

To’lov jadvali

Differensial

Ta'minotga talablar

Jismoniy shaxs kafilligi yoki sug’urta polisi 

Kredit qoplanishi

Ta'minotning miqdori kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi lozim. Daxldor shaxslar bo'yicha ta'minotning miqdori kredit summasining kamida 130 foizini tashkil etishi lozim

 Qo’shimcha shartlar

Talaba 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan hollarda bitim tuzish uchun o’z ota-onasi, farzandlikka oluvchi yoki homiylarning yozma roziligini taqdim etishi zarur

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo’yicha garov va kafilliklar talab etilmaydi



Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar

  • IT-park rezidenti bo’lgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o’quv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil oluvchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar

  • Ish haqi (kamida 6 oy);

  • Yoshga doir pensiya;

  • Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bo’yicha asosy hisobvarag’i pul tushumlarining 10% (kamida 6 oy);

  • Ta'lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 14 yoshga to’lgan 30 yoshdan oshmagan (30 yosh ham kiradi) fuqaro, (Birgalikda qarz oluvchi murojaat qilgan kunida 18 yoshga to’lgan 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi);

  • Doimiy ish joyiga, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ta’lim krediti bo’yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to’lov jadvaliga muvofiq to’lash uchun yetarli bo’lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo’lishi;

  • Ta'lim kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.

Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchi / kafildan qabul qilinadigan hujjatlar ro'yxati

  • Pasport yoki pasport o’rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi, (16 yoshga to’lmagan talabalar tug’ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim etishi zarur);

  • Daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar / elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali olinishi mumkin);

  • Talaba va IT-park rezidenti bo’lgan nodavlat ta’lim tashkiloti o’rtasidagi axborot texnologiyalari sohasidagi o’quv kurslarida tahsil olish haqida belgilangan to’lov shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi-fakturasi (mavjud bo’lganda). Shartnoma (kontrakt)da ta’lim olish uchun to’lov miqdori ko’rsatilgan bo’lishi lozim;

  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

  • Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, qarz oluvchining doimiy daromadi bo’lmagan taqdirda, birgalikda qarz oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar ham talab qilinadi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.05.2023 10:12  
up