E'lonlar

UZCARD Sherdor Premium — oddiy kartadan ko‘proq


13.04.2026 18:00

Hurmatli mijozlar!

Sizlarga UZCARD Sherdor Premium kartasini rasmiylashtirish imkoniyati haqida ma’lum qilamiz — bu maqom, qulaylik va qo‘shimcha imtiyozlarni qadrlaydigan mijozlar uchun mo‘ljallangan premium yechimdir.

Karta kundalik to‘lovlar qulayligini kengaytirilgan premium imkoniyatlar bilan uyg‘unlashtiradi.

Premium xizmatlar va imtiyozlar:
— Toshkent xalqaro aeroportining CIP Lounge zaliga yiliga 4 ta bepul kirish;
— butun dunyo bo‘ylab Phoenix Pass dasturi orqali biznes zallarga yiliga 6 ta bepul kirish;
— Yandex Go Ultima Premier xizmati orqali yiliga 6 ta safar 1000 so‘m evaziga;
— hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan eksklyuziv takliflar va premium xizmatlardan foydalanish;
— kartani rasmiylashtirishning bir nechta variantlari — sizning xohish va ehtiyojlaringizdan kelib chiqib.

Tanlangan tarifga qarab siz “oltin” raqamni tanlashingiz mumkin — bu siz tomonidan tanlangan individual raqam kombinatsiyasi bo‘lib, u sizga doimiy biriktiriladi.

Shuningdek, karta egalari uchun asosiy afzalliklar:
— kartani bepul to‘ldirish va tovarlar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
— “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ichida pul o‘tkazmalari — 0 %;
— SQB Mobile mobil ilovasi orqali pul o‘tkazmalari va mablag‘larni boshqarish;
— bepul SMS-xabarnoma xizmati;
— yillik abonent to‘lovi mavjud emas.

UZCARD Sherdor Premium karta O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab naqd pulsiz hisob-kitoblar, mablag‘larni qulay boshqarish va zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali, www.sqb.uz saytida yoki bankning eng yaqin ofislarida olishingiz mumkin.





Другие новости

15.10.2026 16:57:29
“Tayanch ipoteka” va “Eksport” kredit mahsulotlari shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! Amaldagi kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilga ...

14.10.2026 18:21:33
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

14.10.2026 17:53:29
SQB bank mahsulotlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! SQB veb-saytida «JAC-Avto imkon», «Istiqbol» va «Oila va yoshlar tadbirkori» kre ...


Дата последнего обновления: 15.04.2026 12:09  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send